6 янв. 2011 г.

“Shaftolizor” pirogi

Zarur masalliqlar:
Xamirga:
125 gr yog’siz tvorog, 250 gr un, 1 dona tuxum sarig’i, 50 gr shakar, 4 osh qoshiqdan sut va o’simlik yog’i, 2 choy qoshiq yumshatgich (разрыхлитель).
Qaylasiga:
800 gr tuksiz shaftoli, 350 gr tvorog, 4 osh qoshiq bug’doy yormasi, 6 osh qoshiq qaymoq, 2 dona tuxum, 100 grammdan shakar va sariyog’, 1 quti vanilinli shakar, 150 gr un, 2 choy qoshiq dolchin.
Tayyorlanishi:
1. Tvorogni elakka solib, suvini silqiting. Tuxum sarig’i, shakar, sut, un, yumshatgich va o’simlik yog’i qo’shib, xamir qoring.
2. Tayyor bo’lgan xamirni yoyib, patnisga chetlarini ko’tarib joylang.
3. Tvorogni qaymoqqa aralashtiring. Shakarni tuxum oqi bilan ko’pirtirib, tuxum sarig’i va vanilinli shakar bilan birga tvorogli aralashmaga soling.
4. Tayyor qaylani xamirga surtib, ustidan shaftoli bo’laklarini tering.
5. Un, dolchin, shakar va sariyog’ni yaxshilab aralashtirsangiz, yog’li ushoq hosil bo’ladi. Uni ham pirog ustiga sepib, 200 daraja qizdirilgan gaz pechiga 30 – 40 daqiqaga qo’ying.

"Ham ovqat - ham salat"

Zarur masalliqlar:
250 gr gulli makaron, 400 gr dan qiyma va qalampir qalamchali loviya (стручковий), 1 tadan qizil va sariq bulg’or qalampiri, 6 osh qoshiq o’simlik yog’i, 5 osh qoshiq uzum sirkasi, 1 chimdim shaker, murch, bir necha tomchi limon sharbati.
Tayyorlanishi:
1. Makaron va loviyani alohida qaynatib oling.
2. Qiyma va piyozni ozgina yog’da qovurib, ketchup soling.
3. Bulg’or qalampirini somoncha shaklida tog’rang.
4. Tayyor masalliqlarga yog’, tuz, murch, limon sharbati, shakar va sirka solib, aralashtiring. Yarim soatga muzlatkichga qo’yib, keyin dasturxonga tortishingiz mumkin.